Bosqinchilik sodir etgan shaxslar aniqlanib, ushlandi
Samarqand. 2019 yilning 12 noyabrь soat 01:20 da Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi 64 yoshli M.B. (ayol) xonadonida begona shaxslarni yurganligini sezib qolib, hovli qismiga chiqqan vaqtida ikki nafar nomaʼlum shaxslar boshiga niqob, qoʼllariga qoʼlqop kiygan holatda unga tashlanib, undan tilla taqinchoqlarini qaerdaligini soʼrab, uning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, yiqilib qolgan vaqtida yashash xonasiga kirib, xonada boʼlgan 4.000.000 soʼm pullarini hamda 2 dona «Nokia» rusumli telefon apparatlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli B.А. va 28 yoshli Sh.А., lar tomonidan sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan bir dona “Nokia X-2” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Jinoyat ishi boʼyicha B.А. va Sh.А., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti