Spirtli ichimlik isteʼmol qilib, maishat qilish yana bir ogʼir tan jarohati yetkazishga sabab boʼldi
Qashqadaryo. 2020 yilning 17 sentyabrь kuni soat 03:00 da Koson tumani “Gulobod” hududidagi fermer xoʼjaligiga qarashli dala shiyponi roʼparasida 37 yoshli Sh.X. va 38 yoshli А.N., lar birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda oʼzaro janjallashib qolib, А.N., janjal vaqtida Sh.X., ga qasddan ogʼir tan jarohat yetkazish maqsadida qoʼlida boʼlgan oshxona pichogʼini uning oʼng va chap koʼkrak sohasiga qasddan sanchib olib, hayot uchun xavfli boʼlgan “ogʼir” tan jarohati yetkazgan.
Natijada Sh.X., tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.N., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, А.N., ga nisbatan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti