Bir o‘zi ikkitaga qarshi...
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 22 aprel kuni soat 16:20 larda 19 yoshli A.Omadbek Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasida yashovchi tanishining oldiga kelgan vaqtida, uning yo‘lini mast holatda bo‘lgan 48 yoshli S.Anatoliy va 44 yoshli N.Tursinmurotlar to‘sganliklari uchun yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ularga jarohat yetkazgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.Anatoliy va N.Tursinmurotlar A.Omadbekni yo‘lini to‘sib, uni qurilishi yakunlanmagan binoga olib kirganlar hamda spirtli ichimlik olib kelishga majbur qilib, haqoratli so‘zlar bilan mazax qilganliklari tufayli, ushbu jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Omadbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti