Postdagi xodimlar yo‘lovchining cho‘ntagidagi og‘uning “hidi”ni olishdi
Toshkent shahar. 2020 yilning 22 noyabr kuni soat 02:30 da Toshkent shahar, Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan “Sharq” muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 34 yoshli Aziz G‘., ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, yo‘lovchi sifatida kelayotgan 25 yoshli Eldorjon O., xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning egnida bo‘lgan kurtkasining o‘ng cho‘ntagidan qora rangli izolentaga o‘ralgan holda, o‘tkir hidli, jigarrang rang, saqichsimon modda borligi aniqlanib, bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Eldorjon O.,dan olingan jigarrang rangli modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda «gashish» giyohvandlik vositasi deb atalishi, uning umumiy og‘irligi 17,25 grammga tengligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 25 yoshli Eldorjon O., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida Eldorjon O., ga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumani IIO FMB
huzuridagi TB katta tergovchisi
podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova