Rasmiy maʼlumot: “Malibu-2” rusumli avtomobilni yoqib yuborilganligi holati boʼyicha
2020 yilning 18 iyunь kuni taxminan soat 04:30 larda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida doimiy roʼyxatda turuvchi 26 yoshli Z.B., oʼzganing mol-mulkini qasddan nobud qilish maqsadida, Toshkent tumani Fayzobod mahallasi hududidagi fermer xoʼjaligi dala maydoni yaqinida MChJ balansidagi 2019 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli “Malibu-2” rusumli avtomobilini yoqib yuborib nobud qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Z.B.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, ushbu harakat koʼp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʼlsa) va 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan qoʼzgʼatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti