Oliy sudni hal qilishini vaʼda qilgan firibgarlar fuqaroni 77 ming AQSH dollariga “uxlatdi”
Toshkent shahar. 2020 yil 8 iyul kuni 39 yoshli B.A. va A.U., lar o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani Boku ko‘chasida joylashgan “Steklovoknistaya Plastmasovaya truba” MCHJda bo‘la turib, korxona rahbari 55 yoshli U.X.,ni ishonchiga kirib, Farg‘ona viloyati tumanlararo sudining 1 mlrd. 700 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimini Oliy sudda hal qilib berishni vaʼda qilib, U.X.,dan 77.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi ”a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti