O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Оʼta хavfli retsedivist “Damas” avtomashinasini olib qochdi

Аndijon. 2020 yilning 19 mart kuni soat 12:30 da muqaddam sudlangan va sud tomonidan oʼta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli D.X., Shahrixon tuman Qumtepa M.F.Y. sida joylashgan sut maxsulotlari ishlab chiqarish sexi oldida fuqaro 29 yoshli I.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashina saloniga yukxona eshigini ochish orqali kirib, avtomashinani yashirin ravishda olib qochgan. Ushbu avtomashinada “Shahrixon-Quva” transport qatnov yoʼlining Shahrixon tumani Doʼstlik MFYda harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina egasi va uning tanishi tomonidan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro D.X.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

“Damas” rusumli avtomashina egasi I.S., dan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan va koʼzdan kechirilgan. D.X., esa gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech