Ichkilikbozlikning oxiri mudhish oqibatga sabab boʼldi
Samarqand. 2020 yilning 22 mart kuni soat 20.00 larda Oqdaryo tumani “Qorateri” qishlogʼida joylashgan “Ov Yogʼdusi IKV” fermer xoʼjaligi ishchisi 59 yoshli T.M., norasmiy turmush oʼrtogʼi, 50 yoshli Z.U., bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib, rashq oqibatida oʼzaro janjallashib, Z.U.,ni boshi va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada Z.U., olgan tan jarohatlari bilan shu yerda yotib qolib, 23 mart soat 02.00 larda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam oʼlimiga olib kelgan qasdan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. T.M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.