O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

 “Avtomoyka”ga qoldirilgan “Nexia-3” olib qochildi

Toshkent shahri. 2021 yilning 22 fevral kuni soat 17:30 larda Sergeli tumani Qo‘yliq dahasida joylashgan avtomashina yuvish shahobchasining yollanma ishchisi 37 yoshli Qahramonjon E.,ga 29 yoshli Ziyoda R., o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida, kaliti bilan qoldirib ketganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu avtomashina Andijon viloyati YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida shikastlangan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Qahramonjon E.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Qahramonjon E.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, o‘zingiz tanimagan shaxslarga  avtomashinangizni ishonib topshirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech