Kursdoshini himoya qilmoqchi bo‘ldiyu, lekin buning o‘rniga jinoyat sodir etdi
Namangan viloyati. 2021 yilning 23 fevral kuni soat 19:30 larda voyaga yetmagan 17 yoshli Asrorbek X., Namangan shahri «Obi Hayot» MFY.,da joylashgan “Kichkintoylar bog‘i” oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida, u yerda kursdoshi voyaga yetmagan 17 yoshli Jasurbek T.,ni tanishi 19 yoshli Anvar N., qo‘li bilan urganligini ko‘rib, “sen nega meni litseydoshimni urding” deb Anvar N.,ni yuziga mushti bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Anvar N., zarb kuchidan boshi bilan yerga yiqilib hushidan ketgan va bosh miya og‘ir darajadagi lat yeyishi, qon quyilishi, ensa suyagi, burun suyagi sinishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Asrorbek X., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1- qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti