O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taksidagi yo‘lovchi haydovchining telefonini tunadi

Farg‘ona. 2020 yilning 29 iyul kuni soat 11:00da 19 yoshli R.S., Qo‘qon shahri hududida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanib kelayotgan 35 yoshli L.S., ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasiga yo‘lovchi sifatida chiqib, Qo‘qon shahar Bog‘ibo‘ston ko‘chasiga yetgan vaqtda, haydovchi L.S., dan narhi 1.100.000 so‘mlik “RedMi-5” rusumli uyali aloqa vositasini qo‘ng‘iroq qilish bahonasida olib, transport vositasidan tushib hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida fuqaro R.S., ochiqdan ochiq talon-toroj qilgan uyali aloqa vositasini A.N., ga 700.000 so‘m evaziga sotib yuborganligi aniqlanib, fuqaro A.N., dan “RedMi-5” uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan R.S., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech