O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin boʼldi

Yoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin boʼldiYoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin boʼldiАndijon. 18 yoshli O.N., oʼzining yaxshi koʼrgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.Oʼ., bilan oʼzaro janjallashganligi oqibatida 2020 yilning 25 iyul kuni soat 22:30 da Аsaka tumani Qipchoq MFY hududida O.N., qoʼlida boʼlgan temir boʼlagi bilan J.Oʼ., ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.Oʼ., ogʼir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyini koʼzdan kechirish davomida, O.N., tomonidan J.Oʼ., ga tan jarohati yetkazilgan bir dona temir boʼlagi ashyoviy dalil tariqasida oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Аsaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.Jinoyat ishi boʼyicha O.N., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.Oʼ., joriy yilning 27 iyulь kuni shifoxonada vafot etgan. 

Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining oʼlimiga sabab boʼlgan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
71-215-77-39; 93-562-38-49

Text to speech