O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holdagi janjalning fojiali oqibati

Qoraqalpog‘iston. 2019 yil 21 dekabr kuni taxminan soat 01:30 larda, Qo‘ng‘irot tumani «Qangli» OFY hududida, temir yo‘l stansiyasining ikki ishchisi 36 yoshli T.G. va 28 yoshli E.T.lar o‘zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida G.T. qo‘l va oyoqlari bilan fuqaro E.T.ni tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada E.T. bosh miya og‘ir jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro T.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida T.G.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech