Xorijlik tadbirkorga nisbatan firibgarlik sodir etildi.
Qarshi. 2019 yil sentyabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi 44 yoshli N.E. bilan 40 bosh qora mollarini har birini 6.500.000 so‘mdan sotib olishga kelishib, pullarini 10-dekabr kuniga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lab berishga va'da berib, N.E.ni aldab, 2019 yil 15 noyabr kuni 40 bosh qora mollarni Qozog‘iston Respublikasidan o‘zining uyiga olib kelib, 2019 yil 29 noyabr' kuni soat 02:00da ushbu qora mollarni bozorda jami 220.000.000 so‘mga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti