O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘onada “Nexia” avtomashinasi, “Isuzu” avtobusi bilan to‘qnashuv sodir qildi.

2019 yilning 26 dekabr kuni soat taxminan 19:30 larda Oltiariq tuman hududida “4P112 Farg‘ona-Qo‘qon” xalqa yo‘lining 241 km.da 2 ta “Nexia” rusumli avtomashinalari va “ISUZU” rusumli avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, avtobus ichida haydovchi bilan birga jami 9 nafar shaxslar bo‘lgan. Aynan avtobus bilan to‘qnashgan “Nexia” rusumli avtomashina salonidagi 4 nafar yo‘lovchilar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech