O‘ta xavfli residivist yana bir bor jinoyat sodir etdi.
Jizzax. 2019 yil 24 dekabr kuni Zafarobod tumanida yashovchi 50 yoshli Sh.O‘. tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘zining o‘g‘li voyaga yetmagan 2002 yilda tug‘ilgan R.N. Do‘stlik ko‘chasidagi uylarning oldida ketayotganida noma'lum shaxs uni ushlab olib, qo‘rqitib, urib tan jarohati yetkazib, bir dona bahosi 900.000 so‘mlik “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini, ushbu shaxsni aniqlab unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sud tomonidan o‘ta xavfli residivist deb topilgan 41 yoshli S.B. sodir etganligi aniqlanib, undan “Samsung” rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi voyaga yetmagan R.N. 3 nafar shaxslar orasidan aynan S.B.ni tanib olgan va S.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti