O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“EFFECT.UZ” operatoriga qilingan hujum boʼyicha qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi tavsilotlari

Fargʼona. 2020 yilning 13 may kuni soat 18:30 da “EFFECT.UZ” axborot agentligi operatori E.Gʼ., xizmat yuzasidan boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida Quva tumanidan Fargʼona shahriga harakatlanib, Аndijon-Fargʼona va Qoʼshkechik-Begat yoʼllari kesishgan chorrahaga yetib kelib, svetoforning qizil chirogʼida toʼxtagan vaqtida, avtomashina yon tomoniga 38 yoshli U.I. ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinada tanishlari 33 yoshli O.А., 24 yoshli M.X. va 21 yoshli S.R., lar bilan kelib toʼxtab, E.Gʼ.,ning koʼziga nomaʼlum moslama bilan koʼzni yoshlantiruvchi suyuqlik sepib, avtomashinaning orqa oynasini urib-sindirib, Gʼ.E.,ga tegishli, narxi 20.000.000 soʼm boʼlgan “Canon 6D” rusumli videokamerasini qoʼlga kiritib, harakatni davom ettirganlar.

Shundan soʼng, Gʼ.E., videokamerasini qaytarib olish maqsadida avtomashinasida ularni ortidan quvib, Quva-Margʼilon va Qoʼshkechik-Begat chorrahasida joylashgan svetafordan Quva tumaniga qarab burilib, yetib olib, ularni avtomashinasining orqa qismiga urilishi natijasida, avtomashina yoʼl chetida joylashgan 155-uyga borib urilib toʼxtaganligi sababli, U.I., O.А., M.X. va S.R., lar videokamerani oʼzlari bilan olib avtomashinadan tushib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida E.Gʼ.,ga tegishli boʼlgan “Canon 6D” rusumli videokamera O.А., dan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” (talonchilik) bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, O.А., M.X. va S.R., lar protsessual tartibda ushlangan.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech