O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Cobalt” va “Spark” toʼqnashuvi: bir haydovchi vafot etdi

Xorazm. 2020 yilning 13 may kuni soat 21:00 larda 24 yoshli X.X., boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinani Urganch shahar Jayxun koʼchasi hududidan oʼtuvchi avtomobilь yoʼli boʼylab harakatlanib ketayotgan vaqtida oʼziga nisbatan qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketib, shu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan 23 yoshli D.U., ni boshqaruvida boʼlgan “Spark” rusumli avtomashina bilan toʼqnashuv sodir qilgan.

Natijada, “Spark” avtomashina haydovchisi D.U., olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi Urganch shahri boʼyicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro X.X., nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech