Kislorod ishlab chiqaruvchi uskuna oʼgʼirlandi
Buxoro. 2020 yilning yanvarь oyidan 27 iyulь kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, nomaʼlum shaxs Vobkent tumani “Rabotoxun” MFY da joylashgan kislorod ishlab chiqarish shaxobchasida oʼrnatilgan 64 yoshli I.А., ga tegishli narxi 306.311.700 soʼm boʼlgan kislorod ishlab chiqarish uskunasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 50 yoshli А.I., sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Oʼgʼirlangan uskuna esa Xorazm viloyati Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan MChJ hududida ekanligi aniqlanib, va oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti