O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Plastik kartalaridan

Toshkent. 2020 yilning 29 may kunidan 09 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli I.M., “Qo‘yliq dehqon bozori” hududida o‘rnatilgan bankomat yonida bo‘la turib, mazkur bankomat yoniga plastik kartadagi pulni naqdlashtirish maqsadida kelgan jami 7 nafar fuqarolarga, pullarni naqdlashtirishda yordam berishini aytib, ulardan plastik kartasini olib, pullarni naqdlashtirish jarayonida, plastik kartaga ulanish “SMS” xabarnomasini o‘zining uyali telefon raqamiga yashirincha o‘rnatib, plastik karta raqami va kodini uyali aloqa vositasiga saqlab olib, mazkur fuqarolarning plastik kartasi hisobida mavjud bo‘lgan jami 10.497.410 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda egalab, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, I.M., ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va lozim bo‘lgan ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘ycha sudga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech