O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan tadbirkorlik subyektlari aniqlandi

Samarqand. 2020 yilning 05 iyul kuni Narpay tumani Oqtosh shahri hududida faoliyat yuritayotgan MCHJ sex boshlig‘i R.H., ariza bilan murojaat qilib, unda jamiyat 2018 yildan buyon Narpay tumanida klaster usulida paxta xom ashyosi yetishtirish va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligini, jamiyat faoliyatida foydalanish uchun alohida gaz tarmog‘iga ulanganligini, shunga qaramasdan gaz taʼminotida bir maromdagi bosim bo‘lmasa-da tabiiy gaz uchun to‘lov miqdori oshishi kuzatilayotganligini, quvurning jamiyatga qarashli gaz hisoblagichdan keyingi qismining ikki joyidan tumandagi boshqa MCHJ lar ruxsatsiz yashirincha ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganliklari sababli to‘lov miqdori ko‘payib ketganligini bildirib, unga yetkazilgan zararni undirishda hamda ushbu MCHJ masʼullariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, MCHJga kelgan tabiiy gaz tarmog‘i ko‘zdan kechirilganda jamiyat gaz tarmog‘ining ikki joyidan boshqa xususiy korxona va MCHJ yashirincha ulanib, gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelishganligi oqibatida R.X., ishlaydigan MCHJ ga jami 148.120.236 so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech