O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rashqning oqibatlari

Fargʼona. 2020 yilning 29 iyunь kuni soat 20:00 da Beshariq tumanida yashovchi 41 yoshli D.P., qoʼshnisi 42 yoshli R.I. uning turmush oʼrtogʼi bilan qoʼl uzatib soʼrashmoqchi boʼlib, unga iliq munosabatda boʼlganligidan xabardor boʼlib, yashash hovlisiga kirib, turmush oʼrtogʼi orqasidan oʼzaro ogʼzaki tortishib, tortishuv davomida beton zina ustida turgan I.R., ning ikkala qoʼli bilan yelkasidan qasddan urib itarib yuborib, uni zinadan yerga yiqitib, I.R., ga tan jarohati yetkazgan.

Oʼtkazilgan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, I.R. «OGʼIR» tan jarohat olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech