Ogʼir tan jarohatlari bilan yakunlangan mehmondorchilik
Toshkent viloyati. 2020 yilning 22 iyunь kuni taxminan soat 23:00 da 41 yoshli T.Sh. tanishi Oqqoʼrgʼon tumani «Zarbdor» MFY da yashovchi 40 yoshli M.R., ni (ayol) uyiga kelgan vaqtida, ushbu mahallada yashovchi 29 yoshli Sh.Yu. bilan oʼrtalarida kelib chiqqan oʼzaro kelishmovchilik yuzasidan janjallashganliklari oqibatida T.Sh., ning yuz qismi va badaniga qoʼli bilan urib, oyogʼi bilan tepib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada T.Sh. olgan tan jarohatlari bilan tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, T.Sh., “OGʼIR” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqoʼrgʼon tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti