Togʼli hududda ehtiyotsizlik bilan qor changʼi uchish fojia bilan yakunlandi.
Toshkent viloyati. 2020 yil 05 yanvarь kuni taxminan soat 11:00 larda 17 yoshli B.E. Boʼstonliq tumani “Chimyon” togʼ-changʼi dam olish oromgohida “YAMAHA VK540B” rusumli qor-changʼi transportini boshqarib ketayotganida, tepalikdagi qiyalikdan havo toʼldirilgan matrasda tushib kelayotgan 22 yoshli M.M., 23 yoshli А.А. va 20 yoshli А.А.larni bosib ketgan.
Oqibatda 3 nafar jabrlanganlar turli koʼrinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri ogʼir ahvolda.
Mazkur holat yuzasidan Boʼstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Sizdan respublikamizning togʼli hududlarida dam olish vaqtida ehtiyotkor boʼlishingizni va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti