Yangi yilni mushakbozligi uchun atalgan “mahsulot”lar bozorga chiqib ketishi oldi olindi
Toshkent shahri. 2020 yilning 16 dekabrь kuni soat 05:00 da 30 yoshli Qudratilla B., 50 yoshli Аqilaxon M., lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxslar boʼlib, pirotexnika buyumlari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish maqsadida, Qudratilla B.,ning boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasida Fargʼona viloyatidan Toshkent shahriga pirotexnika buyumlarini olib kelayotgan vaqtida, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Binokor koʼchasi boʼylab harakatlanib kelayotgan vaqtida, ichki ishlar xodimlari tomonidan avtomashina toʼxtatilib, xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida 14 dona qutida turli xil jami 16.030 dona pirotexnika buyumlari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Qudratilla B., va Аqilaxon M.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2501-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda koʼp miqdorda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Qudratilla B., va Аqilaxon M.,lar himoya huquqi bilan taʼminlangan holda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, holat boʼyicha soʼroq qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumani IIO FMB
huzuridagi TB katta tergovchisi
podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova