O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoʼlovchi tashish taqiqlanganligini aytib tаmagirlik qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 26 sentyabrь kuni 36 yoshli F.X., Boʼka tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida “Sh” ismli shaxs tovlamachilik yoʼli bilan oʼzganing mulkini qoʼlga kiritish maqsadida, Boʼka-Olmaliq yoʼnalishida yoʼlovchi tashish mumkin emasligini aytib, uni qoʼrqitgan va bu yoʼnalishda yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanishga ruxsat bergani uchun har bir haydovchidan 10.000 soʼmdan pul yigʼib kelayotgani, bundan tashqari yangi qoʼshilgan haydovchilardan esa 400.000-500.000 soʼmdan pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan. 

Mazkur ariza yuzasidan Boʼka tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbir davomida “Sh” ismli shaxs 36 yoshli Sh.А., ekanligi aniqlanib, undan F.X., dan talab qilib olgan 160.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.Holat yuzasidan Boʼka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Sh.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. 

Jinoyat ishi boʼyicha Sh.А., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech