O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og‘ufurushning harakatlariga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati. 2021 yilning 26 aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari tomonidan fuqaro Z.G.ning murojaati yuzasidan 38 yoshli P.Bekzod tuman IIB binosiga olib kelinib, uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, egnidagi shimining cho‘ntagidan 2 dona oq rangli qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan yashil rangli, quritilgan o‘simlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan P.Bekzodning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda yotoqxona va yerto‘lasidan jami 11 dona sellofan paket, 13 dona qog‘oz bo‘laklariga alohida o‘ralgan o‘tkir hidli, quritilgan holdagi o‘simlik va urug‘lari borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida P.Bekzodning yoni va yashash xonadonidan olingan o‘simlik moddalarining sof og‘irligi 50.5 grammga teng bo‘lib, “marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Bekzodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech