O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlarni tarqatib yubordi

Toshkent viloyati. Angren shahar IIBga 25 yoshli T.Feruza ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 22 yoshli T.Sardorbek 2021 yilning aprel oyining boshlaridan buyon uning uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan nojo‘ya ko‘rinishdagi suratlarini sobiq turmush o‘rtog‘iga “Telegram messenger” orqali yubormasligi evaziga 300 AQSH dollar talab qilib, u ushbu pullarni bera olmaganidan so‘ng uning suratlarini “Telegram messenger” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, T.Sardorbek T.Feruzadan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan sms yozishmalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.Sardorbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech