O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezlikni oshirish fojiyaga olib keldi.

Navoiy. 2020 yilning 09 fevral' kuni taxminan soat 01:50larda 24 yoshli R.N. “Lacetti” rusumli avtomashinasini Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil' yo‘li bo‘ylab boshqarib borib, mazkur yo‘lning 154 km.da belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J. ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada “Nexia” rusumli avtomashina xaydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yo‘lovchisi 1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech