O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аviasozlar dahasida bosqinchilik sodir etildi

Toshkent shahri. 2021 yilning 25 mart kuni soat 12:30 larda nomaʼlum shaxslar Yashnobod tumani Аviasozlar 1-tor koʼchasi 1-uyning oldidagi garajlar oldida fuqaro 52 yoshli Vladislav Ye., ga hujum qilib, yuz, koʼkrak qismlariga qoʼl va oyoqlari bilan urib, “Samsung” rusumli telefon apparati hamda 40 АQSh dollarini bosqinchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar. Natijada Vladislav Ye., yuz va koʼkrak qafasining yumshoq toʼqimalari lat yeyishi, bosh miya yopiq jarohati olgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 33 yoshli Vladimir P., va 35 yoshli Yevgeniy F.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Vladimir P., va Yevgeniy F.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʼra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech