Biloliddinga nima sababdan 4 600 000 so‘m pul kerak bo‘ldi?!...
Andijon viloyati. 2021 yilning 21 mart kuni nomaʼlum shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Andijon tumani No‘xatak MFY., hududida joylashgan “Paynet” shahobchasiga kelib, u yerda ishlovchi 17 yoshli Xabibullo Q.,ga 8600********0068 raqamli plastik kartasiga 4 600 000 so‘m pul o‘tkazib bersa, naqd shaklda berishini aytib, plastik kartasiga ushbu pul mablag‘larini tushirtirishga erishib, “Spark” rusumli avtomashinasida hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 19 yoshli Biloliddin T., sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Biloliddin T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida Biloliddin T., nima sababdan ushbu jinoyatni sodir etganligiga aniqlik kiritiladi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti