O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

 “Taksist”ga bosqinchilik sodir qilganlar ushlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 11 aprel kuni soat 22:00 larda 2 nafar nomaʼlum shaxslar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida 28 yoshli T.Muhriddinning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasiga kelgan vaqtlarida T.Muhriddinning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, yonlarida bo‘lgan tosh bilan bosh qismiga urib, narhi 2 349 000 so‘mlik “RedMi 8” rusumli telefon apparatini olib hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar 22 yoshli U.Muhammadxon va 21 yoshli K.Abduraxmonlar sodir etganliklari, T.Muhriddinga tegishli telefon apparatni 900 000 so‘mga o‘zga shaxsga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.Muhammadxon va K.Abduraxmonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.   

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech