O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantin vaqtida "dam olishni" istagan fuqaroga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 02 may kuni Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qibray tumani, “Sayyora” koʼchasida istiqomat qiluvchi 31 yoshli E.А., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilgan vaqtda, xonadon tomorqasidan 38 tup “kannabis” oʼsimligi ekilganligi, xonadon hammomi koʼzdan kechirilgan vaqtda esa, u yerdan 6 dona qogʼoz boʼlaklariga va 1 dona polimer paketga solingan umumiy sof ogʼirligi 12,41 gramm boʼlgan “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan, bundan tashqari xonadondan bir dona ostki qismi kesilgan 1.5 litr xajmli “baklajka” va 2 dona angishvona borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida oʼrnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi ( koʼp miqdorda giyovandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʼnatish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida E.А. joriy yilning fevral oyi oxirlarida yovvoyi nasha urugʼlaridan terib olib, oʼzi isteʼmol qilishi uchun uyining tomorqasida ushbu urugʼlarni ekib parvarishlaganini maʼlum qilgan. Tergov davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech