Simob 34.000 dollarga baholandi
Farg‘ona viloyati. 2020 yilning dekabr oyida 54 yoshli A.Botirbek Quva tumani Qalinpo‘stin mahallasida bo‘la turib, tanishi 43 yoshli E.Xurshidning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali “simob” moddasini topib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan 34.000 AQSH dollar pullarni qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Botirbekga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, yaʼni ko‘p miqdorda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida jinoyatga aloqador barcha holatlar sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilib, uning yakuniga ko‘ra huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti