Savob olaman degan jabrlanuvchi
Toshkent shahar. 2022 yil 04 fevral kuni soat 11:00 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida 81 yoshli P.G.,ning Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan xonadoniga kelib, jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida onaxondan, unga ichimlik suvi olib chiqib berishini so‘rab, aldov yo‘li bilan uning xonadoniga bostirib kirib, xonadon egasi P.G.,ni bo‘yinidan sintetik mato bilan bo‘g‘ib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, xonadonda bo‘lgan 1.000.000 so‘mlik pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan 50 yoshli X.v. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti