O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zimizda o‘qigani yaxshida...

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 30 sentyabr kuni 37 yoshli Sh.N. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Qarshi shahri "Malaka oshirish” binosi yonida bo‘la turib, 32 yoshli J.M.,ga uning qo‘shni davlatdagi oliy o‘quv yurtida tahsil olib kelayotgan ukasini hamda jiyanini o‘qishini Qarshi Davlat universitetiga tanishlari orqali o‘tkazib berishni vaʼda qilib, har biri uchun 3000 AQSH dollaridan jami 6.000 AQSH dollar pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan muqaddam sudlangan Sh.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

podpolkovnik S.S. Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech