“Sazanchik”dagi bezorilik “qamoq” bilan tugadi
Navoiy viloyati. 2021 yilning 06 may kuni soat 20:30 larda 32 yoshli M.Salim, 38 yoshli X.Zafar va 39 yoshli X.Sohiblar Karmana tumanida joylashgan “Sazanchik” restoranida spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirib, ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiant 26 yoshli H.Qosimjonning xizmati yoqmayotganligini vaj qilib, uni hech bir sababsiz haqorat qilib, do‘pposlab, janjal vaqtida M.Salim uning qorin sohasiga pichoq sanchib olgan. Natijada H.Qosimjon shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Salim, X.Zafar va X.Sohiblarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti