O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sobiq kuyov qaynonaning avtomashinasini olib qochdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 29 aprel kuni Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB ga 48 yoshli E.O‘g‘iloy ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:30 larda Farg‘ona shahri Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida turgan, o‘ziga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinasini sobiq kuyovi 30 yoshli A.Ibrohimjon olib qochganligini, avtomashinasini topib, A.Ibrohimjonga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv  harakatlari davomida, fuqaro E.O‘g‘iloyga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashina Farg‘ona tumani Oqbilol mahallasi hududidagi dala yer maydoniga tashlab ketilganligi aniqlanib, A.Ibrohimjon protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Ibrohimjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, sobiq kuyov A.Ibrohimjon oilaviy muammolari tufayli ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

podpolkovnik S.S.Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech