Daladagi dehqonning poliz ekiniga “ko‘z olaytirgan” guruh aʼzolari ushlandi
Toshkent viloyati. 2021 yilning 10 yanvar kuni fuqaro 28 yoshli Axror T., Bekobod tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 05 yanvar kunidan 06 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar unga tegishli bo‘lgan Bekobod tumani Nazarboy MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonida bo‘lgan umumiy qiymati 7.500.000 so‘mni tashkil qiluvchi poliz ekini mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganliklari, ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, Axror T., ga tegishli bo‘lgan poliz ekini mahsulotlarini tungi vaqtda 21 yoshli Qobiljon A., 27 yoshli Faxriddin M., va 23 yoshli Jamshid B., lar o‘g‘irlab olib ketganliklari aniqlangan.
O‘z navbatda, jinoyatchilar o‘g‘rilik yo‘li bilan ko‘lga kiritishgan poliz ekini mahsulotlarini 1.100.000 sum pullar evaziga 46 yoshli Jumanazar M.,ga sotib yuborilganliglari, mazkur ekinlar Jumanazar M. o‘zi istiqomat qilayotgan uyining omborxonasida saqlab kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti