O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Erning oʼz xotini koʼz oʼngida mushtlashuvi: ayolning ikki kishini pichoqlab qoʼyishiga sabab boʼldi

Toshkent viloyati. 2020 yil 04 may kuni soat 16.30 da 33 yoshli X.X., Boʼstonliq tumani Xoʼja MFYda qoʼshnilari 42 yoshli M.M. va 47 yoshli K.M.,larni turmush oʼrtogʼi 35 yoshli U.X., bilan oʼrtalarida avvaldan mavjud boʼlgan nizo sabab oʼzaro ushtlashayotganliklarini koʼrib, M.M. va K.M., larga tan jarohati yetkazish va turmush oʼrtogʼini ajratib olish maqsadida ularning yoniga borib, qoʼlidagi oshxona pichogʼi bilan M.M. va K.M.,larga tan jarohati yetkazgan. 

Natijada M.M. va K.M.,lar olgan tan jarohatlari bilan Boʼstonliq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, ikkalasiga ham “ogʼir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Hodisa joyini koʼzdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichogʼi va qon dogʼlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Boʼstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.X.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech