Toshkent viloyatida “xo‘roz urishtiruvchi” qo‘lga olindi
Toshkent viloyati. 2022 yil 09 yanvar kuni soat 15:00larda Yuqorichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, 40 yoshli A.G., Yuqorichirchiq tumani Istiqlol mahallasida joylashgan yashash xonadonida yuzga yaqin odamlarni to‘plagan holda qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinini qonunga xilof ravishda tashkil etib kelganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida A.G.,dan 300.000 so‘m pullar va hodisa joyidan 7 dona xo‘rozlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Yuqorichirchik tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.G., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti