O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘xta! telefoningni ber...

Toshkent shahar. 2022 yil 17 sentyabr kuni Mirobod tumani Quyliq-1 dahasida yashovchi 18 yoshli M.F. tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 16 sentyabr kunidan 17 sentyabr kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 da Mirobod tumani Qo‘ylik-1 dahasi TXAY ko‘chasidagi metropolitenning 7-sonli bekati yaqinidan o‘tib ketayotgan vaqtida, uning oldidan 3 nafar nomaʼlum shaxslar chiqib undan uyali telefonini gaplashib olish uchun so‘rab olishib, ulardan biri uning orqa tomonidan kelib, oyog‘i bilan tepishi natijasida yerga yiqilganligini, shu vaqtda ushbu shaxslar uni qo‘l va oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib-tepib, unga tegishli bo‘lgan 1.500.000 bo‘lgan “Samsung A21 S” rusumli uyali telefoni, narxi 350.000 so‘m bo‘lgan “airpods” quloqchini va 300.000 so‘m naqd pullarini o‘zlashtirib, voqea joyidan yashiringanligini, shu sababli ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “B” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi 24 yoshli Y.Sh., 17 yoshli Q.S. va Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 17 yoshli Ch.X.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida, qonunbuzarlardan bosqinchilik yo‘li bilan olib ketilgan buyumlarning taqdiri so‘ralganda, ular Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan bozorlaridan biriga olib borishib, 900.000 so‘m evaziga sotib yuborganliklarini maʼlum qilishgan.

Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor F.K.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech