O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Turkiyada “mo‘may daromad” orttirishni vaʼda berib...

 

Jizzax viloyati. 2021 yilning 26 fevral kuni 21 yoshli Umida A., 18 yoshli Gulshoda B., va 30 yoshli Iroda B.,lar viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Asadbek” ismli shaxs ularni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanib, bir yilda uy, avtomashina olishlari mumkinligiga qiziqtirib, o‘zining hisobidan avia chiptalarni sotib olib, ularni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborish maqsadida yo‘lovchi taksi avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida Do‘stlik tumani “ManasYHXB maskanida ushlanib, uning yonidan ushbu fuqarolarga tegishli xorijga chiqish pasportlari, avia chipta hamda “Covid-2019” tibbiy maʼlumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.       

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 21 yoshli Asadbek B., sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Asadbek B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda, Asadbek B., muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech