O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashina olib qochgan shaxs YTHga uchradi.

Qashqadaryo. 2020 yil 26 yanvar kuni taxminan soat 18:50larda 37 yoshli A.Yu. mast holda, Qarshi shahar, 7-kichik tumandagi uylar oldida turgan fuqaro A.X.ga tegishli ko‘k rangli “Nexia-2” rusumli avtomashinani oldi chap tomon eshik oynasini sindirish yo‘li bilan ochib, avtomashinani noma'lum tomonga boshqarib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, shu kuni soat 20:00da, mast holatda bo‘lgan A.Yu., “Nexia-2” rusumli avtomashinada Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan "Oila markazi” binosi qarshisida o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan 28 yoshli M.M.ning boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinaga urilishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 38 yoshli Sh.A.ning boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan holatda topilgan.
Oqibatda haydovchi A.Yu. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
 

Text to speech