Qo‘lbola usulda tayyorlangan xanjar bilan sodir etilgan bosqinchilik
Farg‘ona viloyati. 2022 yilning 26 fevral kuni soat 01:30 larda Bag‘dod tumani Yangi hayot ko‘chasida 37 yoshli I.M. Farg‘ona viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, unda ushbu kuni soat 23:50 da ish joyidan yashash xonadoniga kelgan vaqtida yuziga niqob taqib olib, xanjar bilan qurollangan nomaʼlum shaxs uning yashash xonadoniga uning ortidan kirib, qo‘lidagi xanjar bilan hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 1 dona narxi 2.300.000 so‘mlik “Redmi-9” rusumli telefon apparatini berishini talab qilib, o‘z navbatida unga qarshilik ko‘rsatgan vaqtida nomaʼlum shaxs qo‘lidagi xanjar bilan uning chap qo‘liga jarohat yetkazib, telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan nomaʼlum tomonga qochib yashiringanligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 51 yoshli S.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 1 dona “Redmi-9” rusumli telefon apparati, 1 dona qora matodan tayyorlangan niqob, 1 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan xanjar va 1 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan “kastet” ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti