O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jahl ustida o‘ylanmasdan bosilgan qadam

Namangan viloyati. 2022 yil 26 fevral kuni soat 11-50 larda Namangan shahar Sheroziy ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli L.X. Namangan shahar Zirabuloq ko‘chasida joylashgan uylar oralig‘ida Yangi Namangan tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli A.A. ga “nega mening uyali telefonimga qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiyatimga tegib haqorat qilding”-deb u bilan o‘zaro gap tortishib qolib, qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan ko‘krak qafasi orqa sohasiga 1 marta urib unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada voyaga yetmagan A.A. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetmagan L.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech