Uyida “kannabis” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 10 aprel' kuni soat 12:00 da Qibray tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 40 yoshli N.V., yashab kelayotgan xonadonida yanvar' oyi o‘rtalaridan buyon 2 dona tuvakka ko‘kimtir rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik tuplarini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan tuvakda 3 dona giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi “kannabis o‘simligi” tuplarini parvarishlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti