O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mis kabellarni talon-toroj qilgan shaxslar anqilandi

Navoiy. 2020 yilning aprel' oyi boshlarida noma'lum shaxslar Karmana tumani “Uyrot” mahallasida qurilish ishlarini olib borayotgan qurulish kompaniyasining uchastkasi hududiga devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, omborxonada mavjud bo‘lgan uzunligi 632 metrni tashkil etuvchi, narxi 8.468 AQSh dollar bo‘lgan mis kabellarni yashirin ravishda talon taroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 28 yoshli Z.A., 30 yoshli O‘.X., 34 yoshli J.Ya. lar tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida, ashyoviy daliliy tariqasida 63 kilogramm miqdordagi mis, 700.000 so‘m pullar, 1 dona elektron tarozi, 1 dona temir arra, temir qaychi, bolgarka, qo‘lqoplar olingan.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech