Shaxsiy isteʼmoli uchun giyohvandlik vositalarini saqlab kelgan shaxslar aniqlandi
Toshkent viloyati. Joriy yilning 22 aprel kuni soat 14:00 da Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 30 yoshli А.Ts., bir kun avval Eyvalek koʼrgʼonidan oqib oʼtuvchi kanal boʼyida yovvoyi holda oʼsib turgan “konoplya” oʼsimligini barglari va mayda yon shohlarini yulib olib, tanishi fuqaro 31 yoshli S.K., bilan birga yogʼda qovurib isteʼmol qilishga kelishib, S.K.,ning uyida alyumin qozonda yogʼda qovurib, “marixuana” giyohvandlik vositasini tayyorlashib, bir qismini S.K., ga isteʼmol qilishi uchun qoldirib, qolganini choʼntagiga yashirib olib ketayotgantda, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Fuqaro А.Ts., dan 62,93 gramm, S.K., dan esa 111,63 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti