“Qo‘zichoq” talonchilari ushlandi
Buxoro viloyati. 2021 yilning 04 may kuni soat 13:00 larda nomaʼlum shaxslar Buxoro tuman “Humin” mahallasi hududidagi cho‘l mavzesida joylashgan dalada T.Umrzoqga tegishli qo‘ylar podasi ichidan har bir boshini bahosi 500.000 so‘mdan bo‘lgan qo‘zilarini “Nexia” rusumli avtomashinasiga yuklayotganlarida T.Umrzoq kelib qolganida, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 5 bosh qo‘zilarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga jami 2.500.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni 37 yoshli Xodjiyev A. va 28 yoshli X.Alisherlar sodir qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Xodjiyev A. va X.Alisherlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti